Kiyev shahri raketalar va dronlar orqali amalga oshirilgan keng ko‘lamli hujum ostida qoldi. Xabarlarga ko‘ra, aholi xavfsizlik sababli tunni metro bekatlarida o‘tkazishga majbur bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, yana 58 kishi turli darajada jarohat olgan.
Ayni paytda hujum davom etayotgani, Kiyevda havo hujumi xavfi e’lon qilingani, mahalliy manbalar esa ballistik raketalar va yangi portlashlar xavfi haqida xabar bermoqda.






