AsosiyJamiyat

Termizda bankka tegishli 3 ta bankomat yonib ketdi

Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

'Termizda bankka tegishli 3 ta bankomat yonib ketdi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida joylashgan bank xizmatlari ofisiga qarashli 3 ta bankomatda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 2 iyun kuni soat 04:14 da 112 tizimi orqali Termiz shahri “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Biznesni rivojlantirish banki Termiz bank xizmatlari ofisiga qarashli bankomatlarda yong‘in yuzaga kelgani haqida xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng yong‘in joyiga 1-qutqaruv bo‘linmasidan 1 ta ekipaj soat 04:19 da yetib borgan. Yong‘in soat 04:20 da qurshab olinib, 04:28 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar