Tojikistonning Xo‘jand shahrida kuchli shamol oqibatida havo shari boshqaruvni yo‘qotib, bir nechta uylar tomiga quladi. Oqibatda uch kishi jarohatlangan.
Ma’lum qilinishicha, havo shari Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekistondan olib borilgan. Hodisa oqibatida 46 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ham jarohat olgan.
Hozirda jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilgan, holat bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda.






