Odamlar orasida “Saturn” nomi bilan tanilgan oʻzbekistonlik pop-MMA jangchisi Ogʻabek Abdumuminov ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video sabab jarimaga tortildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, jangchining transport vositasini xavfsizlik kamarisiz boshqargani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlgan.
Holat yuzasidan Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi qidiruv boʻlimi tomonidan jangchi chaqirtirilib, unga nisbatan tegishli maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
“Avtotransport vositasini xavfsizlik kamarisiz boshqarganman. Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan soʻng keng muhokamalarga sabab boʻldi. Bunday holat takrorlanmaydi”, dedi Ogʻabek Abdumuminov.






