O'zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning "Manchester City" klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer qiymati 50 million yevroga yetdi.
Bu haqda Transfermarkt portali Angliya Premyer-ligasi futbolchilarining bozor qiymatlarini yangilaganidan so'ng ma'lum qildi.
Yangilangan ma'lumotlarga ko'ra, 22 yoshli futbolchining transfer bahosi 15 million yevroga oshgan. Bungacha uning bozor qiymati 35 million yevro etib baholangan edi.
Natijada Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi. U bu borada yaponiyalik futbolchilar Kaishu Sano va Takefusa Kubodan o'zib ketdi.
Shuningdek, o'zbekistonlik himoyachi Angliya Premyer-ligasida to'p surayotgan sobiq SSSR mamlakatlari futbolchilari orasida ham eng yuqori transfer qiymatiga ega o'yinchi sifatida qayd etildi.






