AsosiyJAMIYAT

Namanganda soyga cho‘kib ketgan 23 yoshli yigitning jasadi topildi

Namangan viloyati Pop tumanidagi dam olish maskani hududida joylashgan "Chodaksoy" soyida cho'kib ketgan 23 yoshli yigitning jasadi topildi.

'Namanganda soyga cho‘kib ketgan 23 yoshli yigitning jasadi topildi'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, 2002 yilda tug'ilgan fuqaro qarindoshlari bilan dam olish uchun mazkur hududga kelgan. U cho'milish vaqtida ehtiyotsizlik oqibatida suvga cho'kib ketgan va suvdan qayta chiqa olmagan.

Hodisa yuzasidan qutqaruv xizmatlari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilgan. Natijada yigitning jasadi soydan topilib, tegishli tartibda mas'ul idora vakillariga topshirilgan.

Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar