AsosiyDUNYO

Hindistonda internet hazili siyosiy harakatga aylandi: “Tarakanlar partiyasi” namoyish o‘tkazdi

Ishtirokchilar hukumatni yoshlar muammolariga e'tibor qaratishga chaqirishdi.

'Hindistonda internet hazili siyosiy harakatga aylandi: “Tarakanlar partiyasi” namoyish o‘tkazdi'ning rasmi

Nyu-Dehli markazida shanba kuni “Tarakanlar partiyasi” tarafdorlari ishtirokida yirik namoyish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bir necha hafta oldin internetda hazil sifatida paydo bo‘lgan harakat qisqa vaqt ichida Hindiston yoshlari noroziligining ramziga aylangan.

Namoyish Jantar-Mantar maydonida o‘tkazilib, harakatning ijtimoiy tarmoqlardan real maydonga chiqishdagi ilk katta sinovi bo‘ldi. Tashkilotchilar onlayn qo‘llab-quvvatlov haqiqiy siyosiy ta’sirga aylana oladimi-yo‘qmi, shuni aniqlashga harakat qildi.

Yig‘inga asosan yoshlar tashrif buyurib, tarakan niqoblari va plakatlar bilan chiqishdi. Ayrim ishtirokchilar esa ta’lim va teng imkoniyatlar ramzi sifatida milliy bayroq va kitoblar olib kelishdi.

Harakat paydo bo‘lishiga Hindiston Oliy sudi raisi Surya Kantning tanqidchilar va ishsiz yoshlarni tarakanlarga qiyoslagan bayonoti sabab bo‘lgan. Bu so‘zlar jamoatchilikda keng norozilikka sabab bo‘lgan.

Shundan so‘ng Boston universiteti talabasi Abhijit Dipke ushbu ifodani satirik siyosiy harakatga aylantirgan.

“Tarakanlar partiyasi” tez orada internetda ommalashib, millionlab obunachilarni to‘pladi. Harakat tarafdorlari ishsizlik, korrupsiya va ta’lim tizimidagi muammolarga e’tibor qaratishni talab qilib kelmoqda.

Shanba kungi namoyishda asosiy talab sifatida ta’lim vaziri Dharmendra Pradhanning iste’fosi ilgari surildi. Biroq aksiya tez orada kengayib, yoshlarning iqtisodiy qiyinchiliklari va kelajak imkoniyatlari cheklanganiga qarshi umumiy norozilikka aylandi.

Ishtirokchilar “Tarakanlar kelyapti — Dharmendra Pradhan ketyapti!” degan shiorlar bilan chiqish qilib, hukumatni yoshlar muammolariga e’tibor qaratishga chaqirishdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Armaniston saylovlari: mamlakat qaysi yo‘lni tanlaydi — G‘arbmi yoki Rossiyami?'ning rasmi

    DUNYO Bugun 07:29

    Armaniston saylovlari: mamlakat qaysi yo‘lni tanlaydi — G‘arbmi yoki Rossiyami?

    Armaniston Moskva tomonidan iqtisodiy bosim kuchaygan sharoitda G‘arb bilan hamkorlikni kengaytirishga intilmoqda.

    'Livanda havo hujumlari oqibatida qurbonlar soni oshib bormoqda'ning rasmi

    DUNYO Bugun 05:32

    Livanda havo hujumlari oqibatida qurbonlar soni oshib bormoqda

    Isroil tomonidan amalga oshirilayotgan havo zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3600 kishiga yetdi

    'Afrikada Ebola epidemiyasi kuchaymoqda'ning rasmi

    DUNYO 06.06.2026 15:32

    Afrikada Ebola epidemiyasi kuchaymoqda

    Ebola epidemiyasi 1976 yildan buyon qayd etilgan to'rtinchi eng yirik kasallik tarqalishi ekanini ma'lum qildi.

    'Putin Zelenskiy bilan uchrashuvni rad etdi'ning rasmi

    DUNYO 06.06.2026 12:29

    Putin Zelenskiy bilan uchrashuvni rad etdi

    Putin “quruq gaplar bilan vaqt yo‘qotish”ga hojat yo‘qligini ta’kidladi.

    'Germaniyada o‘zbekistonliklarga noqonuniy Shengen vizalarini sotgan to‘da qo‘lga tushdi'ning rasmi

    DUNYO 06.06.2026 11:20

    Germaniyada o‘zbekistonliklarga noqonuniy Shengen vizalarini sotgan to‘da qo‘lga tushdi

    Gumonlanuvchilar Shengen vizasi uchun 2 ming yevro, aviachipta uchun esa yana 2 ming yevrodan haq olgan.

    'Hindistondagi yong‘inda 13 nafar xorijlik, jumladan O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan'ning rasmi

    DUNYO 06.06.2026 06:03

    Hindistondagi yong‘inda 13 nafar xorijlik, jumladan O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan

    Ushbu hodisa oqibatida 20 dan ortiq xorijlik turli darajada jarohat olgan.