Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida joylashgan maishiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida portlash yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 8 iyun kuni soat 13:50 atrofida Qarshi tumanidagi Chaman mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan gaz quyish shoxobchasida sodir boʻlgan.
Xabar kelib tushishi bilan voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv boʻlinmalari jalb etilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, portlash oqibatida yongʻin kelib chiqqan boʻlib, ayni vaqtda uni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Hozircha hodisa oqibatida jabrlanganlar bor‑yoʻqligi haqida rasmiy maʼlumot berilmagan. Masʼul idoralar voqea sabablari va oqibatlarini oʻrganmoqda.






