AsosiySPORT

O‘zbekiston Niderlandiyaga so‘nggi daqiqalarda yutqazdi

Qiziqarli va keskin kurashlarga boy kechgan bahs niderlandlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

'O‘zbekiston Niderlandiyaga so‘nggi daqiqalarda yutqazdi'ning rasmi

O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati oldidan o'tkazilgan navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida Niderlandiyaga mag'lub bo'ldi.

Bugun, 9 iyunga o'tar kechasi Fabio Kannavaro boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy kechgan bahs niderlandlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Uyinning dastlabki daqiqalaridanoq Niderlandiya terma jamoasi tashabbusni o'z qo'liga olib, bir qator xavfli vaziyatlar yaratdi. Biroq ular uzoq vaqt hisobni ocha olmadi. Uchrashuvning 32-daqiqasida Jahongir O'rozov tomonidan ishlangan qoidabuzarlikdan keyin bosh hakam penalti belgiladi. Undan samarali foydalangan Kodi Gakpo hisobni ochdi.

O'zbekistonlik futbolchilar ikkinchi bo'limda hisobni tenglashtirish uchun harakat qildi va buning uddasidan ham chiqdi. Asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarda tajribali hujumchi Igor Sergeyev raqib darvozasini ishg'ol etib, hisobni 1:1 ko'rinishiga keltirdi.

Biroq o'yin dramatik tarzda yakunlandi. Qo'shimcha vaqtning 90+8-daqiqasida Kodi Gakpo yana bir bor gol urdi va dubl qayd etib, o'z jamoasiga g'alaba keltirdi.

Shu tariqa O'zbekiston milliy terma jamoasi Shimoliy Amerikadagi yig'in doirasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida ham mag'lubiyatga uchradi. Bundan avval, 2 iyun kuni Kannavaro shogirdlari Kanada terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Niderlandiya uchun ham mazkur bahs Jahon chempionati oldidan o'tkazilgan ikkinchi sinov uchrashuvi bo'ldi. Niderlandlar avvalroq, 3 iyun kuni Jazoirga qarshi kechgan o'rtoqlik bahsida 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O'zbekiston terma jamoasi futbolchilariga qo'shimcha to'lovlar berilishi mumkin'ning rasmi

    SPORT 08.06.2026 09:57

    O'zbekiston terma jamoasi futbolchilariga qo'shimcha to'lovlar berilishi mumkin

    Futbolchilar uchun mukofot pullari masalasi hali yakuniy hal etilmagan.

    'Yamal va Uilyams Ispaniyaning JChdagi o'yinida ishtirok etadi'ning rasmi

    SPORT 08.06.2026 08:35

    Yamal va Uilyams Ispaniyaning JChdagi o'yinida ishtirok etadi

    Bosh murabbiyi Luis de la Fuente Lamin Yamal, Niko Uil'yams va Viktor Mun'os Jahon chempionatidagi ilk o‘yinga qadar safga qaytishini ma’lum qildi.

    'Mbappe mashg'ulotni muddatidan oldin tark etdi'ning rasmi

    SPORT 07.06.2026 08:38

    Mbappe mashg'ulotni muddatidan oldin tark etdi

    Fransiya terma jamoasi sardori jarohat tufayli mashg‘ulotni oxirigacha davom ettira olmagan.

    'Eron terma jamoasiga AQSh vizalari berildi'ning rasmi

    SPORT 06.06.2026 07:21

    Eron terma jamoasiga AQSh vizalari berildi

    Jamoа Amerika stadionlarida bo‘lib o‘tadigan har bir o‘yinga Eron aviakompaniyasining reyslari orqali borib-keladi.

    'O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatida ishtirok etadigan yakuniy tarkibi e'lon qilindi'ning rasmi

    SPORT 02.06.2026 10:09

    O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatida ishtirok etadigan yakuniy tarkibi e'lon qilindi

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy ro‘yxatni ma’lum qildi.

    ''ning rasmi

    SPORT 02.06.2026 06:31