AsosiyDUNYO

Eronda ko‘llar qurib bityapti

Mamlakat aholisi 31 ming qishloqni butunlay tashlab ketgan.

'Eronda ko‘llar qurib bityapti'ning rasmi

Eronlik suv tanqisligiga duch keldi, deya xabar bermoqda Al Jazira axborot agentligi.

Qayd etilishicha, mamlakatda yillar davomida qurg‘oqchilik, yog‘ingarchilikning kamayishi va suv resurslaridan barqaror bo‘lmagan tarzda foydalanish suv tanqisligiga olib keldi. Buning oqibatida suv omborlari, daryolar va erosti suv zaxiralari kamayib bormoqda.

Bundan tashqari, AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi ham vaziyatni yanada og‘irlashtirdi. Mojaroning dastlabki haftalarida tuzsizlantirish zavodlari, quvurlar va boshqa fuqarolik suv infratuzilmalariga zarar yetdi.

“Eronning shimoli-g‘arbidagi Urmiya ko‘lining vaqt davomida o‘zgarishini aks ettiruvchi sun’iy yo‘ldosh tasvirlari shuni ko‘rsatadiki, 1990 yillarda qariyb 6 ming kvadrat kilometr maydonni egallagan Yaqin Sharqdagi eng yirik sho‘r ko‘l 2026 yilga kelib atigi 581 kvadrat kilometrgacha qisqargan”,— deyiladi xabarda.

Eronning Qishloq taraqqiyoti va kam ta’minlangan hududlar bo‘yicha vitse-prezidentining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi 69 ming qishloqdan faqat 38 mingtasida aholi yashashda davom etmoqda. 31 ming qishloq esa butunlay tashlab ketilgan.

    Boshqa yangiliklar