AsosiyJAMIYAT

Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik investitsiya forumi — TIIF-2026 o‘tkaziladi.

Poytaxtdagi yirik investitsiya sammitida jahon kompaniyalari 42 trillion dollarlik kapital bilan ishtirok etmoqda.

'Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik investitsiya forumi — TIIF-2026 o‘tkaziladi.'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, 16–18 iyun kunlari Toshkentdagi CAEx International Exhibition Center majmuasida beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF-2026) bo‘lib o‘tadi. Mazkur yirik anjuman hozirning o‘zidayoq bir qator rekord ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, forumda ishtirok etish uchun dunyoning 100 dan ortiq davlatidan 8,3 mingdan ziyod delegat ro‘yxatdan o‘tgan. Ishtirokchi kompaniyalarning umumiy aktivlari 42 trillion AQSh dollarini tashkil etadi.

Tadbirda dunyodagi yirik korporatsiyalar — BlackRock, JPMorgan Chase, Visa, Masdar, Airbus va Meta rahbarlari ishtirok etmoqda.

Forum doirasida 2 780 dan ortiq biznes yetakchilari qatnashishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan sezilarli o‘sishni anglatadi.

Shuningdek, anjumanning yuqori siyosiy ahamiyatini 62 ta davlat hukumat delegatsiyalarining ishtirok etayotgani tasdiqlaydi. Ochilish marosimida bir qator davlat rahbarlari va bosh vazirlar nutq so‘zlashi rejalashtirilgan.

Bu yilgi forum dasturi kengaytirilib, 79 ta tadbirni o‘z ichiga olgan. Ularda sun'iy intellekt, “yashil” energetika, logistika va strategik xomashyo sohalari muhokama qilinadi.

Anjuman doirasida O‘zbekistonning investitsiya salohiyati ko‘rgazmasi, xorijiy investorlar kengashi yig‘ilishi hamda sport tadbirlari — tennis turniri va tungi marafon ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Forum xalqaro ommaviy axborot vositalari, jumladan BBC News, Reuters, Bloomberg, Euronews, CGTN, TRT World va Xinhua tomonidan keng yoritilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, forum davomida mintaqaning iqtisodiy kelajagiga doir o‘nlab milliard dollarlik yirik kelishuv va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar