AsosiySPORT

Shveytsariya va Qatar murosaga keldi

Jahon chempionati guruh bosqichidan o‘rin olgan Shveytsariya va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

'Shveytsariya va Qatar murosaga keldi'ning rasmi

San-Fransiskodagi "Bey Arena"da bo'lib o'tgan bahsda Shveytsariya 17-daqiqada Brel Embolo tomonidan penaltidan kiritilgan gol evaziga hisobda oldinga chiqdi. Qatar esa uchrashuvning qo'shimcha daqiqalarida Bo'alem Huhi kiritgan gol bilan mag'lubiyatdan qutulib qoldi.

Qayd etilishicha, mazkur penalti joriy jahon chempionatida belgilangan ilk 11 metrlik jarma zarbasi bo'ldi.

Guruhning boshqa uchrashuvida Kanada hamda Bosniya va Gersegovina terma jamoalari ham 1:1 hisobida durang o'ynagan edi. Shu tariqa, guruhdagi barcha jamoalar hisobida bittadan ochko mavjud.

Keyingi turda Shveytsariya Bosniya va Gersegovinaga qarshi maydonga tushsa, Qatar Kanada bilan kuch sinashadi.

Eslatib o'tamiz, AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan jahon chempionati 19 iyul kuni yakunlanadi. Turnir tarixida ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etmoqda.

    Boshqa yangiliklar