AsosiySPORT

Braziliya va Marokash JCh startda durang o'ynadi

Bahsda 32-daqiqada Vinisius Junior hisobni tenglashtirdi.

'Braziliya va Marokash JCh startda durang o'ynadi'ning rasmi

Bugun, 14 iyun kuni 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati "C" guruhi 1-turidan o‘rin olgan Braziliya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Bahsda hisobni 21-daqiqada marokashlik yarim himoyachi Ismoil Saybari ochdi. U darvozabon Alisson ustidan ustalik bilan to‘pni oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi. 32-daqiqada esa Vinisius Junior hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa, har ikki jamoa musobaqadagi ishtirokini bir ochkodan boshladi.

Keyingi turlarda Braziliya 20 iyun kuni Gaitiga qarshi, 25 iyun kuni esa Shotlandiya bilan maydonga tushadi. Marokash esa 20 iyun kuni Shotlandiyaga qarshi, 25 iyun kuni Gaitiga qarshi o‘ynaydi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida Gaiti va Shotlandiya terma jamoalari to‘qnash keladi. Bahs 14 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar