AsosiyJAMIYAT

Qirg'izistonda TikTok blokdan chiqarilishi mumkin

Shikmamatov Google kompaniyasi bilan hamkorlikni kuchaytirish va Qirg‘izistonni xalqaro maydonda faol targ‘ib qilish orqali mamlakat foydalanuvchilari uchun YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish mumkinligini qayd etdi.

'Qirg'izistonda TikTok blokdan chiqarilishi mumkin'ning rasmi

Qirg‘iziston Davlat soliq xizmati raisi Almambet Shikmamatov mamlakatda TikTok ijtimoiy tarmog‘iga qo‘yilgan cheklovni bekor qilish tarafdori ekanini bildirdi. Bu haqda u bugun, 17 iyun kuni jurnalistlar va bloggerlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi.

Shikmamatovning aytishicha, TikTok’ni bloklash orqali ko‘zlangan maqsadga erishilmayapti. Chunki foydalanuvchilar VPN xizmatlari yordamida platformadan foydalanishda davom etmoqda.

“Odamlar baribir TikTok’ni VPN orqali tomosha qilyapti. Bundan qochib qutulib bo‘lmaydi. Agar bu masala bo‘yicha ovoz berish o‘tkazilsa, men TikTok’ni ochish tarafdori bo‘lardim”, dedi u.

Davlat soliq xizmati rahbari raqamli platformalar bugungi kunda iqtisodiyotning muhim qismiga aylanganini, ayniqsa yoshlar davlat ko‘magisiz kontent yaratib, daromad topayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, u Qirg‘izistonda YouTube monetizatsiyasini to‘liq yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ham muhokama qilinayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala Kreativ industriyalar parki vakili Doniyor Omonaliyev bilan ham ko‘tarilgan.

Shikmamatov Google kompaniyasi bilan hamkorlikni kuchaytirish va Qirg‘izistonni xalqaro maydonda faol targ‘ib qilish orqali mamlakat foydalanuvchilari uchun YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish mumkinligini qayd etdi.

“Bugun ko‘plab qirg‘izistonliklar sifatli kontent yaratmoqda. Biroq ular YouTube orqali to‘liq daromad olish imkoniyatiga ega emas. Biz monetizatsiya Qirg‘iziston uchun ham ochilishi ustida ishlashimiz kerak”, dedi u.

Uning fikricha, bloggerlik faoliyati, kreativ industriya va raqamli kontent ishlab chiqarish kelajakda mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biriga aylanib, davlat byudjetiga tushumlarni oshirishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar