AsosiySPORT

O'zbekiston jahon chempionatidagi debyut bahsida Kolumbiyaga imkoniyatni boy berdi

Murosisiz kechgan bahsda janubiy amerikaliklar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

'O'zbekiston jahon chempionatidagi debyut bahsida Kolumbiyaga imkoniyatni boy berdi'ning rasmi

Futbol bo'yicha jahon chempionatining guruh bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etdi. Murosasiz kechgan bahsda janubiy amerikaliklar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq Kolumbiya terma jamoasi tashabbusni qo'lga oldi. O'zbekistonlik futbolchilar himoyada tartibli harakat qilgan bo'lsa-da, birinchi bo'lim o'rtalarida raqib hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Shundan so'ng ham Temur Kapadze shogirdlari qarshi hujumlarda imkoniyat izlashda davom etdi, ammo tanaffusgacha hisob o'zgarmadi.

Ikkinchi bo'lim oldidan O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi. Oston O'runov o'rniga Dostonbek Hamdamov, Sherzod Nasrullaev o'rniga esa Farrux Sayfiev maydonga tushirildi.

Tanaffusdan keyin o'zbekistonlik futbolchilar ancha faol o'yin namoyish etdi va bu o'z samarasini berdi. Terma jamoa hisobni tenglashtirib, uchrashuvga intrigani qaytardi. Biroq ko'p o'tmay Kolumbiya yana bir bor O'zbekiston darvozasini ishg'ol qilib, hisobda oldinga chiqib oldi.

Bahs davomida O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida yana bir nechta o'zgarishlar kuzatildi. Xususan, uchrashuvning 76-daqiqasida Abbosbek Fayzullaev va Rustamjon Ashurmatov o'rniga Azizbek Amonov hamda Jahongir O'rozov maydonga tushirildi.

Qayd etish joiz, mazkur uchrashuvni stadiondan 80 ming 824 nafar muxlis kuzatdi.

Tribunalardagi tomoshabinlarning katta qismi Kolumbiya terma jamoasi ishqibozlaridan iborat bo'ldi. Shunga qaramay, o'zbekistonlik futbolchilar yuz mingga yaqin muxlis qarshisida munosib o'yin ko'rsatdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 8 daqiqa qo'shib berilgan bo'lsa-da, O'zbekiston hisobni tenglashtira olmadi. Shu tariqa, milliy terma jamoa jahon chempionatidagi ilk bahsini mag'lubiyat bilan yakunladi.

Shunga qaramasdan, O'zbekiston futbolchilari musobaqadagi debyut uchrashuvida namoyish etgan jasorati va kurashuvchanligi bilan muxlislar e'tirofiga sazovor bo'ldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O'zbekiston – Kolumbiya bahsini 80 mingdan ortiq muxlis kuzatmoqda'ning rasmi

    SPORT Bugun 03:44

    O'zbekiston – Kolumbiya bahsini 80 mingdan ortiq muxlis kuzatmoqda

    Tribunalardagi muxlislarning asosiy qismini esa Kolumbiya terma jamoasi ishqibozlari tashkil etmoqda.

    ''ning rasmi

    SPORT 17.06.2026 17:32

    'Avstriya Jahon chempionatidagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi'ning rasmi

    SPORT 17.06.2026 07:31

    Avstriya Jahon chempionatidagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi

    Uchrashuvda hisob 20-daqiqada ochildi. Avstriya terma jamoasi yarim himoyachisi Romano Shmid raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

    'Messi Kloze rekordiga yetib oldi'ning rasmi

    SPORT 17.06.2026 05:23

    Messi Kloze rekordiga yetib oldi

    Argentina Jahon chempionati himoyasini g'alaba bilan boshladi.

    'Merts Trampga Germaniya terma jamoasi futbolkasini sovg‘a qildi'ning rasmi

    SPORT 16.06.2026 10:14

    Merts Trampga Germaniya terma jamoasi futbolkasini sovg‘a qildi

    Ommaviy axborot vositalari ma'lumotiga ko'ra, mazkur sovg'a Trampning 14 iyun kuni nishonlangan tavallud ayyomi munosabati bilan berilgan.

    'Ispaniya, Belgiya va Urugvay kutilmagan ochko yo‘qotdi'ning rasmi

    SPORT 16.06.2026 05:54

    Ispaniya, Belgiya va Urugvay kutilmagan ochko yo‘qotdi

    Eron hamda Yangi Zelandiya o‘rtasidagi bahs esa sermahsul o‘tdi.