AsosiyJAMIYAT

Oʻzbekistonda uch oyda havo transportidan 2,3 million nafar yoʻlovchi foydalandi

2026 yilning birinchi choragida O‘zbekistonda havo transporti orqali qariyb 2,3 million nafar yo‘lovchi tashildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,7 foizga ko‘p.

'Oʻzbekistonda uch oyda havo transportidan 2,3 million nafar yoʻlovchi foydalandi'ning rasmi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–mart oylarida respublikada havo transporti xizmatlaridan qariyb 2,3 million nafar yo‘lovchi foydalangan.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 4,7 foizga oshgan.

Shuningdek, hisobot davrida havo transporti orqali 24,3 ming tonna yuk tashilgan. Statistika mamlakatda aviaqatnovlarga bo‘lgan talab yuqori darajada saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.

    Boshqa yangiliklar