Tahlilchilarning qayd etishicha, Moskva osmonida dronlar paydo bo‘lishi va ayrim obyektlarga zarbalar berilishi Rossiya jamiyatida havotirni kuchaytirmoqda. Bu holat, ayniqsa, mamlakat hududida urush oqibatlarini his etmagan aholi qatlamlari uchun jiddiy psixologik ta’sirga ega ekani ta’kidlanmoqda.
Shu bilan birga, so‘nggi oylarda Rossiyaning urush tarafdori bo‘lgan ayrim bloggerlari va sharhlovchilari tomonidan ham rasmiylarni tanqid qiluvchi chiqishlar ko‘paygani kuzatilmoqda.
Ekspertlar fikricha, Rossiyaning neft infratuzilmasiga qaratilgan hujumlar ham iqtisodiy bosimni oshirmoqda. Biroq bunday sharoitda Kreml Ukraina hududlariga yanada kuchliroq zarbalar berishga urinishi mumkinligi haqida ham ogohlantirilmoqda.
Mazkur baholar mualliflarning shaxsiy tahlillari bo‘lib, mojaro atrofidagi vaziyat bo‘yicha turli qarashlar mavjud.






