Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xorijiy investorlar kengashining yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
Aynan ushbu sohalarga yo‘naltirilgan investitsiyalar, yuqori salohiyatli kadrlar va shaffof qoidalar mamlakatimizning barqaror rivojlanishi, iqtisodiy o‘sishi va xalqimiz farovonligini ta’minlashning mustahkam poydevoridir,— deb yozadi u.
Shuningdek Mirziyoyeva Hamkorlarimizga samarali faoliyati hamda aniq amaliy natijalarga qaratilgan qat’iy harakatlari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.






