Mahalliy OAVlar maʼlumotiga koʻra, aksiya davomida namoyishchilar bilan politsiya oʻrtasida toʻqnashuvlar yuz bergan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari yigʻilganlarni tarqatish uchun ovozli va yorugʻlik granatalari hamda maxsus tayoqlardan foydalangan.
Qayd etilishicha, voqea davomida ikki nafar shaxs qoʻlga olingan.
Soʻnggi oylarda Isroilda ultraortodoks yahudiylarni harbiy xizmatga jalb qilish masalasi atrofida bahslar kuchayib bormoqda. Mamlakatdagi ayrim diniy jamoalar oʻz aʼzolarining majburiy harbiy xizmatga chaqirilishiga qarshi chiqib kelmoqda.
Shu bois mazkur masala yuzasidan turli shaharlarda norozilik namoyishlari oʻtkazilmoqda.






