AsosiyDUNYO

Rim yaqinidan Rim imperiyasi davriga oid hashamatli villa topildi

Arxeologlar hozirgacha atrium va suv yig‘ish havzasiga ega katta zalni, shuningdek qora va oq ranglarda ishlangan murakkab geometrik hamda o‘simliksimon naqshlar bilan bezatilgan mozaika pollarni aniqlagan.

'Rim yaqinidan Rim imperiyasi davriga oid hashamatli villa topildi'ning rasmi

Italiya poytaxti Rim shahri chekkasidagi Kastel-di-Gvido hududida Rim imperiyasi davriga mansub hashamatli villa qoldiqlari aniqlandi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning fevral oyida mahalliy aholi hududda shubhali faoliyat kuzatilayotgani haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan. Tekshiruv jarayonida karabinerlar qadimiy arxeologik yodgorliklarda noqonuniy qazish ishlari olib borilganidan dalolat beruvchi izlarni aniqlagan.

Tergov ma'lumotlariga ko'ra, bir guruh shaxslar ekskavator yordamida hududga kirib, yer ostida joylashgan katta inshootni ochishga uringan. Qazish ishlari tez orada to'xtatilgan bo'lsa-da, natijada ilgari fanga ma'lum bo'lmagan qadimiy villa qoldiqlari yuzaga chiqqan.

Arxeologlar hozirga qadar atrium va suv yig'ish havzasiga ega katta zalni, shuningdek qora va oq ranglarda ishlangan murakkab geometrik hamda o'simliksimon naqshlar bilan bezatilgan mozaika pollarni aniqlagan.

Italiya Madaniyat vazirligi vakillarining bildirishicha, mazkur hudud qadimda Lorium manzili tarkibiga kirgan bo'lib, bu erga Rim imperatorlari tez-tez tashrif buyurgan. Mutaxassislar villa Rim aristokratiyasining yuqori tabaqasi vakillariga tegishli bo'lgan bo'lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Shuningdek, qazish ishlari davomida marmar bezaklar hamda Rim mifologiyasidagi tabiat xudosi Silvanga tegishli haykal parchalari ham topilgan.

Rasmiylar noqonuniy qazishlar oqibatida yodgorlikning ayrim qismlariga zarar yetganini bildirgan. Hozirda arxeologik tadqiqotlar davom etmoqda. Kelgusida mazkur hudud tashrif buyuruvchilar uchun maxsus ro'yxat asosida ochilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar