AsosiyJAMIYAT

Misrdan to‘vlamachilikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik ekstraditsiya qilindi

Ular tovlamachilik bilan bog‘liq jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

'Misrdan to‘vlamachilikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik ekstraditsiya qilindi'ning rasmi

O'zbekiston va Misr Interpol xodimlari xalqaro qidiruvda bo'lgan fuqaroni O'zbekistonga ekstraditsiya qildi. U tovlamachilik bilan bog'liq jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Qohira va Toshkent shaharlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnov mavjud emasligi sababli, gumonlanuvchini olib kelish jarayoni Rossiya orqali tranzit tarzda tashkil etilgan.

Xalqaro tranzitning uzluksiz ta'minlanishida Rossiya Interpoli xodimlari ko'maklashib, Moskvadagi Domodedovo xalqaro aeroporti orqali o'tish jarayonini muvofiqlashtirgan.

Toshkentga olib kelingan shaxs jinoiy javobgarlikka tortish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar ixtiyoriga topshirildi.

    Boshqa yangiliklar