AsosiyDUNYO

Qozog‘istonda yoqilg‘i quyish shahobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Yong'in o'chirilgandan so'ng avtomobil salonida uch nafar shaxs — ayol va ikki yosh bolaning jasadlari topilgan.

'Qozog‘istonda yoqilg‘i quyish shahobchasida yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

Qozog'istonning Oqtobe viloyati 19 iyun kuni yoqilg'i quyish shahobchalaridan birida sodir bo'lgan fojiali yong'in oqibatida ayol va ikki norasida bola halok bo'ldi. Bu haqda ZTB NEWS xabar qildi.

Ma'lum qilinishicha, voqea Bokenbay Batyra va Makataev ko'chalari kesishmasida joylashgan AGZSda yuz bergan. Honda avtomobili zapravka hududida to'satdan yongan.

Yong'in o'chirilgandan so'ng avtomobil salonida uch nafar shaxs — ayol va ikki norasida bolaning jasadlari topilgan. Yana bir kishi jarohatlanib, shifoxonaga yetkazilgan.

Oqtobe viloyati politsiya departamenti tomonidan portlovchi ob'ektlarda xavfsizlik qoidalarini buzish moddasi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Idora ma'lumotiga ko'ra, AGZS egasi ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Hodisa bo'yicha tergov ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar