Toshkentda avtobus yo'nalishlarida tashuvchilarning brutto-kontrakt talablariga rioya etish bo'yicha nazorat kuchaytirildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, tashqi havo harorati +28 darajadan yuqori bo'lganda avtobus va elektrobus salonida sovitish tizimlari ishlatilishi shart. Bunda salon harorati +26 daraja darajasida saqlanishi kerak.
Qayd etilishicha, transport vaziri topshirig'iga asosan ishchi guruh — Toshkent shahar transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi rahbari hamda "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruvi raisi boshchiligida yo'nalishlarda nazorat tadbirlarini o'tkazmoqda.
Eslatib o'tamiz, poytaxt avtobuslarida konditsionerlar 7 maydan boshlab bosqichma-bosqich ishga tushirila boshlangan.






