AQSh, Kanada va Meksika mezbonsligida o‘tayotgan futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatining 2-turidan o‘rin olgan Portugaliya va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda ishlaydigan hakamlar brigadasi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu bahsni marokashlik FIFA hakami Jalol Jayed boshqarib boradi. Qanotlarda unga hamyurti — Zakariya Brinsi va Mustafo Akarkad yordam ko‘rsatadi.
Uchrashuvning to‘rtinchi va beshinchi hakamlari sifatida Janubiy Afrika Respublikasi vakillari Abongayl Tom va Zahele Sivela jalb etilgan.
Eslatib o‘tish joiz, Jalol Jayed joriy jahon chempionati doirasida Germaniya va Kyurasao terma jamoalari o‘rtasidagi 1-tur uchrashuvini ham boshqargan. Ushbu o‘yinda “nemis mashinasi” raqibini 7:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratgan.
Portugaliya va O‘zbekiston o‘rtasidagi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvi 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.






