AsosiyJAMIYAT

O'zbekistonliklar uchun xorijiy aksiyalarni sotib olish osonlashadi

Mazkur qaror rasman 2026 yil 17 sentyabrdan kuchga kiradi.

'O'zbekistonliklar uchun xorijiy aksiyalarni sotib olish osonlashadi'ning rasmi

O'zbekistonliklar uchun xorijiy kompaniyalar aksiyalarini sotib olish imkoniyatlari kengaymoqda. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvining joriy yil 2 iyun kuni qabul qilingan va 15 iyun kuni ro'yxatdan o'tkazilgan "Kapital harakati bilan bog'liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to'g'risidagi nizomga o'zgartirishlar kiritish haqida"gi qarorida ma'lum qilindi.

Hujjatga ko'ra, endilikda jismoniy shaxslar bir kalendar yil davomida 10 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmaydigan miqdorda xorijda investitsiya faoliyatini amalga oshirishi, ya'ni chet el kompaniyalarining ustav kapitalida ishtirok etishi yoki ulushli ishtirok olishiga ruxsat beriladi.

Shuningdek, xorijiy brokerlik yoki investitsiya hisobvaraqlarini to'ldirish uchun pul mablag'larini o'tkazish faqat tegishli litsenziyaga ega bo'lgan investitsiya vositachilari orqali amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, davlat ulushi mavjud korxonalar va ularning sho'ba tashkilotlari bir kalendar yil davomida 100 ming AQSh dollarigacha, davlat ulushi mavjud bo'lmagan korxonalar esa 200 ming AQSh dollarigacha xorijda investitsiya faoliyatini amalga oshirishi mumkin bo'ladi.

Yana bir jihat — davlat ulushi mavjud korxonalar uchun 50 ming dollar, davlat ulushi bo'lmagan korxonalar uchun esa 100 ming dollargacha mablag'ni xorijdagi filial va vakolatxonalarning aylanma mablag'lari sifatida yo'naltirish imkoniyati yaratiladi.

Qarorga ko'ra, rezidentlar xorijdagi investitsiya faoliyati bo'yicha ma'lumotlarni har chorakda xizmat ko'rsatuvchi banklarga taqdim etib borishi shart. Ma'lumotlar o'z vaqtida taqdim etilmasa, operatsiyalar vaqtincha to'xtatib qo'yilishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eski avtomobillar uchun yangi tartib: utilizatsiya qilmaganlarga jarima'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 05:01

    Eski avtomobillar uchun yangi tartib: utilizatsiya qilmaganlarga jarima

    O'zbekistonda foydalanish muddati tugagan avtomobillarni utilizatsiyaga topshirmagan fuqarolar bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida ekologik kompensatsiya to'lashi mumkin.

    'Butun xalq kutgan tarixiy lahza'ning rasmi

    JAMIYAT 20.06.2026 16:56

    Butun xalq kutgan tarixiy lahza

    O'zbekiston bayrog'i futbolning eng nufuzli maydonida hilpiraydi!

    'Avtobus salonlarida harorat me'yori ustidan nazorat kuchaytirildi.'ning rasmi

    JAMIYAT 20.06.2026 15:34

    Avtobus salonlarida harorat me'yori ustidan nazorat kuchaytirildi.

    Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

    'O'zbekistonda qurilish korxonasining soliq qarzi 100 mln so'mdan oshdi'ning rasmi

    JAMIYAT 20.06.2026 14:06

    'Misrdan to‘vlamachilikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik ekstraditsiya qilindi'ning rasmi

    JAMIYAT 20.06.2026 09:46

    Misrdan to‘vlamachilikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik ekstraditsiya qilindi

    Ular tovlamachilik bilan bog‘liq jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

    'Andijonda bolalar janjaliga aralashgan erkak javobgarlikka tortildi'ning rasmi

    JAMIYAT 20.06.2026 07:41

    Andijonda bolalar janjaliga aralashgan erkak javobgarlikka tortildi

    Bu haqda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.