Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Oq burgut” ordenini pochta orqali Polsha prezidenti Karol Navrotskiyga qaytarib yuborganini ma'lum qildi.
Zelenskiy o‘zining Telegram kanalida yozishicha, Polsha tomoni ushbu ordenni mamlakatning eng yuksak ishonchi va minnatdorligi ramzi sifatida ta'riflagan.
“Polsha prezidentining ta'kidlashicha, ‘Oq burgut’ ordeni oddiy mukofot emas. U Polsha davlati bilan alohida bog‘liqlik va xalqning maxsus minnatdorligini anglatadi”, degan Zelenskiy.
Uning aytishicha, Polsha tomoni bu ordenni davlatning eng oliy ishonch va minnatdorlik ramzi sifatida ta'riflagan.
Zelenskiy, shuningdek, agar ushbu mukofot Yekaterina II, Benito Mussolini va Gerxard Shryoder kabi bahsli shaxslar bilan bog‘liq holda saqlansa, Kiyev bu masalaga e'tiroz bildirmasligini qayd etgan.
U Ukraina Polsha bilan hamkorlikni yuqori baholashini va Rossiyaga qarshi urushda ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdor ekanini bildirgan.
Bayonot yakunida Zelenskiy 2023 yilda mazkur orden aslida Ukraina xalqi va armiyasiga bag‘ishlangan deb hisoblaganini aytgan.
“Bugun men ushbu ordenni Polsha prezidentiga qaytarib yubordim. Kelajak ukrainaliklarga bo‘lgan hurmatni tasdiqlaydi”, degan u.
Ma'lumot uchun, Vladimir Zelenskiy “Oq burgut” ordeni bilan 2023 yil aprel oyida taqdirlangan edi. O‘sha vaqtda Polsha prezidenti Andjey Duda mazkur mukofot Polsha oldida alohida xizmat ko‘rsatgan shaxslarga berilishini ta'kidlagan.






