AsosiyDUNYO

Ғазодаги зарбаларда Al Jazeera оператори ҳалок бўлди

Isroil mudofaa kuchlari Al Jazeera telekanali operatori Ahmad Vishahnni HAMASning harbiy qanotida snayper bo'lganlikda aybladi.

'Ғазодаги зарбаларда Al Jazeera оператори ҳалок бўлди'ning rasmi

Isroilning G‘azo sektoriga bergan navbatdagi havo zarbalari oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida Al Jazeera telekanali operatori Ahmad Vishah ham bor. Sog‘liqni saqlash rasmiylari va qutqaruv xizmatlari ma’lumotlariga tayanib, BBC xabar berdi.

Telekanal tarqatgan bayonotda jurnalistning o‘limi qat’iy qoralanib, bu holat jurnalistlarni nishonga olish va haqiqat ovozini o‘chirishga qaratilgan harakat sifatida baholangan.

Isroil mudofaa kuchlari (IDF) esa Ahmad Vishahni HAMASning harbiy qanotida snayper bo‘lganlikda aybladi. Biroq Isroil tomoni mazkur da’voni tasdiqlovchi dalillarni ochiqlamagan.

Mahalliy tibbiyot muassasalari va qutqaruv xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, G‘azo markazidagi Bureyj qochqinlar lagerida joylashgan uyga berilgan zarba oqibatida Vishah bilan birga yana ikki kishi halok bo‘lgan.

Shu bilan birga, G‘azo shahrining Sabra mahallasidagi turar joyga qilingan hujum natijasida bir oilaning to‘rt a’zosi, jumladan bolalar ham qurbon bo‘lgan. Qarindoshlarining ta’kidlashicha, halok bo‘lganlar har qanday qurolli guruhlar bilan aloqador bo‘lmagan tinch aholi vakillari bo‘lgan.

G‘azodagi sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv kuchga kirganidan buyon Isroil harbiy amaliyotlari oqibatida 1000 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Ayni vaqtda Isroil va HAMAS bir-birini tinchlik kelishuvi shartlarini buzishda ayblashda davom etmoqda. Vaziyat keskinligicha qolmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Turkiyada universitet imtihoniga ketayotganlar avariyaga uchradi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 12:19

    'Zelenskiy “Oq burgut” ordenini Polsha prezidentiga qaytarib yubordi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 07:26

    Zelenskiy “Oq burgut” ordenini Polsha prezidentiga qaytarib yubordi

    Vladimir Zelenskiy “Oq burgut” ordeni bilan 2023 yil aprel oyida taqdirlangan edi.

    'Hormuz bo‘g‘ozi yana yopildi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 05:54

    Hormuz bo‘g‘ozi yana yopildi

    Mazkur qaror 18-iyun kuni Tramp va Eron prezidenti Pezeshkiyon o‘rtasida imzolangan vaqtinchalik tinchlik kelishuvidan bir necha kun o‘tib qabul qilingan.

    'Pokistonda ikki portlash: qutqaruvchilar ham nishonga olindi'ning rasmi

    DUNYO 20.06.2026 13:05

    Pokistonda ikki portlash: qutqaruvchilar ham nishonga olindi

    Pokiston hukumati hududdagi xavfsizlik vaziyati yomonlashuvini qo‘shni Afg‘onistondagi guruhlar faoliyati bilan bog‘lamoqda.

    'Qozog‘istonda yoqilg‘i quyish shahobchasida yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

    DUNYO 20.06.2026 11:21

    Qozog‘istonda yoqilg‘i quyish shahobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

    Yong'in o'chirilgandan so'ng avtomobil salonida uch nafar shaxs — ayol va ikki yosh bolaning jasadlari topilgan.

    'London yo‘nalishida harakatlangan poyezdlar to‘qnashdi'ning rasmi

    DUNYO 20.06.2026 08:43

    London yo‘nalishida harakatlangan poyezdlar to‘qnashdi

    Ma'lumotiga ko'ra, 33 kishi og'ir, 56 kishi esa yengil jarohatlangan, halok bo'lgan shaxslardan biri poyezd mashinisti ekani ma'lum qilindi.