Turkiyaning Nevshehir viloyatida universitet imtihoniga yetib borishga harakat qilayotgan yoshlar ishtirokida yo'l transport hodisasi sodir bo'ldi. Hodisa oqibatida 3 kishi jarohat oldi. Bu haqda TRT HABER ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Urgup–Nevshehir avtomagistralidagi Ibrohimpasha qishlog'i chorrahasi yaqinida harakatlanayotgan engil tijorat transport vositasi orqa tomondan avtomobil bilan to'qnashgan. Zarba oqibatida mikroavtobus yo'ldan chiqib to'siqqa urilib to'xtagan, avtomobil esa ag'darilib ketgan.
Hodisa joyiga tez yordam, politsiya, o't o'chirish xizmatlari yetib kelgan. Mashina ichida qolib ketgan 3 nafar yo'lovchi qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olingan.
Jarohatlanganlar dastlab birinchi tibbiy yordam ko'rsatilgandan so'ng shifoxonaga yetkazilgan. Ular universitet imtihoniga yo'l olgani ma'lum qilingan. Holat yuzasidan tergov boshlangan.






