AsosiyJAMIYAT

O'zbekistonga Koreyadan uchinchi “Hyundai Rotem” tezyurar poyezd keltirildi

Bu haqda “Temiryo‘lkargo” AJ ma’lum qildi.

'O'zbekistonga Koreyadan uchinchi “Hyundai Rotem” tezyurar poyezd keltirildi'ning rasmi

O‘zbekistonga Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan uchinchi tezyurar yo‘lovchi poyezdi olib kelindi. 

“Temiryo‘lkargo” AJ ma’lum qilishicha, yirik temiryo‘l tarkibini tashish jarayoni zavoddan oxirgi manzilgacha “eshikdan-eshikkacha” tamoyili asosida amalga oshirilgan.

Qayd etilishicha, zamonaviy tezyurar poyezdlar mamlakatda yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini oshirish va ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yaqin kelgusida Hyundai Rotem poyezdlari Toshkentdan Andijon va Termiz yo‘nalishlariga ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar