AsosiyJAMIYAT

Bo'stonliqda kanalga tushib ketgan bolalardan birining jasadi topildi

Ayni vaqtda ikkinchi bolani qidirish ishlari davom ettirilmoqda. Qutqaruvchilar tomonidan qidiruv-qutqaruv tadbirlari uzluksiz ravishda olib borilmoqda.

'Bo'stonliqda kanalga tushib ketgan bolalardan birining jasadi topildi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida "Bo'zsuv" kanaliga tushib ketgan ikki boladan birining jasadi topildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 17 iyun kuni Bo'stonliq tumanidagi "Obod" mahallasida yashovchi 2016 yilda tug'ilgan K.Y. va 2018 yilda tug'ilgan K.B. ismli ikki nafar voyaga yetmagan bola yashash uyi yaqinidan oqib o'tuvchi "Bo'zsuv" kanaliga ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan.

Hodisa yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgach, qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan.

Qayd etilishicha, g'avvos-qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari davomida 21 iyun kuni bolalardan birining jasadi suvdan olib chiqilgan.

Ayni vaqtda ikkinchi bolani qidirish ishlari davom ettirilmoqda. Qutqaruvchilar tomonidan qidiruv-qutqaruv tadbirlari uzluksiz ravishda olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 07:17

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 07:01

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 06:54

    'Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:28

    Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi

    Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobusi piyodani urib yubordi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati ma’lum qildi.

    'Saida Mirziyoyeva “Ostona” xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 03:55

    Saida Mirziyoyeva “Ostona” xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi

    Uchrashuv davomida markazning moliyaviy infratuzilmani rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda xalqaro moliyaviy xizmatlar bozorini kengaytirish bo‘yicha tajribasi muhokama qilingan.

    'Urgutda 27,4 ming dollarlik gashish savdosi fosh etildi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 03:17

    Urgutda 27,4 ming dollarlik gashish savdosi fosh etildi

    Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.