AsosiyJAMIYAT

Belgiya “Tolibon” delegatsiyasiga bir kunlik viza berdi

Biroq yevropalik rasmiylarga ko‘ra, viza faqat 23 iyun kuni uchun rasmiylashtirilgan.

'Belgiya “Tolibon” delegatsiyasiga bir kunlik viza berdi'ning rasmi

Belgiya hukumati “Tolibon” harakatining besh nafar vakiliga bir kunlik muddatga amal qiluvchi viza berdi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Odri Jake ma’lum qildi.

Uning aytishicha, delegatsiya Yevropa Ittifoqida migratsiya siyosati va Afg’onistonga deportatsiya masalalari muhokama qilinadigan yig’ilishda ishtirok etadi. Berilgan vizalar faqat Belgiya hududida amal qiladi va geografik jihatdan cheklangan.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan “Tolibon” vakillarining Bryusselga qachon kelishi oshkor qilinmagan. Biroq yevropalik rasmiylarga ko‘ra, viza faqat 23 iyun kuni uchun rasmiylashtirilgan.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi “Tolibon” vakillarini afg’on fuqarolarini vatanlariga qaytarish masalasini texnik darajada muhokama qilish uchun Bryusselga taklif qilgani xabar qilingan edi. Yevropa davlatlari hududida qolish huquqiga ega bo‘lmagan va xavfsizlikka tahdid deb baholanayotgan Afg’oniston fuqarolarini deportatsiya qilish rejalashtirilmoqda.

Eurostat ma’lumotlariga ko‘ra, 2013–2024 yillar oralig‘ida Afg’oniston fuqarolari Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida qochqin maqomini olish uchun 1 milliondan ortiq ariza topshirgan. Ularning qariyb yarmi qanoatlantirilgan. 2025 yilda ham afg’onlar boshpana so‘rab eng ko‘p murojaat qilgan millatlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil avgust oyida “Tolibon” Afg’onistonda hokimiyatni egallagan edi. Shunga qaramay, Yevropa Ittifoqining qariyb 20 davlati afg’on fuqarolarini vatanlariga qaytarish amaliyotini davom ettirmoqda. Inson huquqlari tashkilotlari esa bu amaliyotni keskin tanqid qilib, deportatsiya qilingan shaxslar, ayniqsa ayollar, jurnalistlar, sobiq davlat xizmatchilari va faollar ta’qib hamda qiynoqlarga duch kelishi mumkinligini ta’kidlab kelmoqda.

Ma’lumot uchun, Yevropa parlamenti 17 iyun kuni Yevropa Ittifoqida qolish huquqiga ega bo‘lmagan migrantlar uchun uchinchi davlatlarda maxsus migratsiya markazlarini tashkil etishga ruxsat beruvchi qonunni ma’qullagan. Avvalroq Politico nashri Qozog’iston va O‘zbekistonni bunday markazlar uchun ehtimoliy hududlar sifatida tilga olgan, ammo har ikki davlatning Tashqi ishlar vazirligi bu ma’lumotni rad etgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Mirziyoyev Namangan aeroportidagi 175 million dollarlik terminal qurilishini ko‘zdan kechirdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 05:46

    Mirziyoyev Namangan aeroportidagi 175 million dollarlik terminal qurilishini ko‘zdan kechirdi

    Davlat rahbari qurilish ishlarining borishi bilan tanishib, aeroport infratuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

    'Toshkentda yerto‘lada hushidan ketgan uch ishchi qutqarib qolindi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:54

    Toshkentda yerto‘lada hushidan ketgan uch ishchi qutqarib qolindi

    Qutqaruvchilarning tezkor harakati natijasida uch nafar fuqaroning hayoti saqlab qolingan.

    'Minglab odam qidirgan 8 yoshli bolaning jasadi daryodan topildi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:48

    Minglab odam qidirgan 8 yoshli bolaning jasadi daryodan topildi

    Fojiya 15 iyun kuni Yandare qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan.

    'Namanganda jinsiy zo‘ravonlikka oid ishda dalillarni soxtalashtirgan sobiq tergovchi qamaldi'ning rasmi

    JAMIYAT 22.06.2026 14:23

    Namanganda jinsiy zo‘ravonlikka oid ishda dalillarni soxtalashtirgan sobiq tergovchi qamaldi

    Tergov jarayonida aniqlanishicha, u gumonlanuvchi nomidan tushuntirish xati tayyorlab, unga jabrlanuvchi jinsiy aloqaga o‘z ixtiyori bilan rozi bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarni kiritgan.

    ''ning rasmi

    JAMIYAT 22.06.2026 14:20

    ''ning rasmi

    JAMIYAT 22.06.2026 14:17