AsosiySPORT

"Ikki-uchta butsadan bitta butsa chiqarardim" — Otabek Shukurov bolaligida qanday pul topganini aytdi

O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov bolaligida butsa va futbol to'plarini ta'mirlab, qo'shimcha daromad qilganini esladi.

'"Ikki-uchta butsadan bitta butsa chiqarardim" — Otabek Shukurov bolaligida qanday pul topganini aytdi'ning rasmi

Uning aytishicha, futbol akademiyasida tahsil olgan vaqtlarida eski butsalarni tikib, qayta ishlatishga yaroqli holatga keltirgan.

"Bolalarning butsasini tikardim. Juda yaxshi tikardim. Bolalar pul berishardi. O‘zimizga ham, oilamizga ham ozroq yordam bo‘lsin derdik. Eski charm buyumlarni yig‘ib, ulardan yamoq qilardik. Hatto ikki-uchta butsadan bitta butsa chiqaradigan darajada tikkanmiz", deydi futbolchi.

Shukurovning so‘zlariga ko‘ra, u futbol to‘plarini ham ta’mirlab bergan. Akademiyadagi har bir guruh murabbiylari eskirib qolgan to‘plarni olib kelib berishgan.

"O‘nta to‘pni tiklab bersam, bitta to‘p menga qolardi. Akademiyadagi xonam to‘p va butsalar bilan to‘lib ketgan bo‘lardi. Mehnatdan hech qachon qochmaganmiz", deydi u.

Futbolchi mazkur xotiralari bilan "Medialab" agentligiga bergan intervyusida o‘rtoqlashgan.

    Boshqa yangiliklar