AsosiyJAMIYAT

Erdo‘g‘an: Turkiya va Polsha Yevropa xavfsizligida muhim o‘rin tutadi

Turkiya rahbari mazkur bayonotni Polsha bilan ikki tomonlama munosabatlar va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan bildirgan.

'Erdo‘g‘an: Turkiya va Polsha Yevropa xavfsizligida muhim o‘rin tutadi'ning rasmi

Turkiya Prezidenti Rajab Toiyyib Erdo‘g‘an Turkiya va Polsha Yevropa xavfsizligi hamda mudofaa arxitekturasining ajralmas qismi ekanini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat NATO doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash ustida ish olib bormoqda.

“Yevropa xavfsizligi va mudofaa arxitekturasida ajralmas o‘ringa ega bo‘lgan ikki NATO ittifoqchisi sifatida biz hamkorligimizni yanada kuchaytirish uchun ishlayapmiz”, dedi Erdo‘g‘an.

    Boshqa yangiliklar