AsosiyJAMIYAT

Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

'Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi'ning rasmi

O‘zbekistonning turli hududlarida fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, ularning pullarini o‘zlashtirgan shaxslar fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro T.T. 12 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Koreya Respublikasiga ishga jo‘natishini aytgan hamda shu tariqa 38 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan. Ushbu mablag‘larning muqaddam Migratsiya agentligida ishlagan, Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bilan avval sudlangan A.A.ga berilgani ma’lum bo‘lgan.

Marg‘ilon shahrida aniqlangan holatda esa muqaddam sudlangan I.R. ikki nafar fuqaroni Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan jami 3,5 ming AQSH dollarini olgan. Tergov jarayonida mazkur mablag‘ning 3 million so‘mi qaytarilgan.

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida fuqarolar I.X. va A.K. Migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari orqali Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, bir fuqarodan 2 ming AQSH dollari hamda 36 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgani ma’lum bo‘lgan. I.X. muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan sudlangan.

Andijon viloyatining Xonobod shahrida muqaddam sudlangan A.A. uch nafar fuqaroga Koreya uchun viza rasmiylashtirib berishini aytib, 2,5 ming AQSH dollari va 11 million so‘mni qo‘lga kiritgan. Keyinchalik ushbu mablag‘ning 1 ming AQSH dollari qaytarilgan.

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida muqaddam sudlangan Yu.L. fuqaro U.F.ni tanishlari orqali Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, kelishilgan 11 ming AQSH dollaridan 2,3 ming AQSH dollarini olgani aniqlangan.

Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida esa X.K. fuqaroni Koreyaga ishga ketish uchun topshiriladigan imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tkazib berishini aytib, kelishilgan 3,5 ming AQSH dollaridan 1 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 08:34

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 08:30

    'Ashraf Xo‘jayev Efiopiyada rasman elchilik faoliyatini boshladi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 07:55

    Ashraf Xo‘jayev Efiopiyada rasman elchilik faoliyatini boshladi

    Ashraf Xo‘jaev Efiopiya Prezidenti Taye Atske-Selassiega ishonch yorliqlarini topshirdi.

    'Nukuslik 11 yoshli bola O‘zbekiston – Portugaliya o‘yinida rasmiy to‘pni maydonga olib chiqdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 06:00

    'Farg'onada 18 yoshli qizni Turkiyaga olib chiqib ketmoqchi bo'lganlar qo'lga olindi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 05:18

    Farg'onada 18 yoshli qizni Turkiyaga olib chiqib ketmoqchi bo'lganlar qo'lga olindi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'O‘zbekistonning ikki qishlog‘i Qirg‘iziston tarkibiga o‘tdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 05:07

    O‘zbekistonning ikki qishlog‘i Qirg‘iziston tarkibiga o‘tdi

    Ayni paytda O‘zbekiston rasmiy idoralari mazkur masala yuzasidan bayonot bermagan.