AsosiyJAMIYAT

Mirziyoyev 43 milliard dollarlik kelishuvlar taqdiriga to‘xtaldi

“Har bir kelishuv loyihaga, ish o‘rniga va yuqori qo‘shilgan qiymatga aylanishi shart”, dedi Prezident.

'Mirziyoyev 43 milliard dollarlik kelishuvlar taqdiriga to‘xtaldi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 25 iyun kuni o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida erishilgan 43 milliard dollarlik kelishuvlar amaliy natija berishi shartligini ta’kidladi.

Davlat rahbari avvalo o‘tgan hafta yuqori saviyada tashkil etilgan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlariga to‘xtalib, forum doirasida xorijiy hamkorlar bilan umumiy qiymati 43 milliard dollar bo‘lgan 177 ta kelishuv imzolanganini qayd etdi.

“Har bir kelishuv loyihaga, ish o‘rniga va yuqori qo‘shilgan qiymatga aylanishi shart”, dedi Prezident.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga xorijiy investorlar tomonidan bildirilgan 120 ta taklif yuzasidan aniq yechimlar ishlab chiqish va tegishli qarorlar kiritish vazifasi yuklatildi.

Yig‘ilishda investitsiyalarni jalb qilish bilan bir qatorda ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish masalasi ham ko‘tarildi. Qayd etilishicha, so‘nggi besh yilda mamlakatga kiritilgan investitsiyalarning qariyb yarmi to‘rtta hudud hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Biroq investitsiyalarning iqtisodiyotga qaytimi hududlar kesimida keskin farq qilmoqda. Xususan, 1 million so‘mlik investitsiya Farg‘ona viloyati yalpi hududiy mahsulotiga qo‘shimcha 273 ming so‘m, Samarqand viloyatida esa 262 ming so‘m qo‘shilgan qiymat yaratayotgan bo‘lsa, Buxoro viloyatida bu ko‘rsatkich atigi 117 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Prezident bunday tafovutlar investitsiya sifati va samaradorligiga bo‘lgan yondashuvni qayta ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rsatishini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar

    'Niderlandiyada ilk bor 12 yoshga to‘lmagan bolaga evtanaziya qo‘llanildi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 06:03

    Niderlandiyada ilk bor 12 yoshga to‘lmagan bolaga evtanaziya qo‘llanildi

    Vazir bolaning aniq yoshi, tashxisi va evtanaziya qachon o‘tkazilgani haqida ma’lumot ochiqlamagan.

    'O'zbekistonda besh nafar sudya lavozimidan ozod etildi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 05:56

    O'zbekistonda besh nafar sudya lavozimidan ozod etildi

    Shu bilan birga, besh nafar sud’yaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

    'Qarshi–Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan avtomashinadan 5 kilogrammdan ortiq gashish aniqlandi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 03:03

    'Farg'onada 4 magnitudali zilzila sodir bo'ldi'ning rasmi

    JAMIYAT 24.06.2026 16:59

    Farg'onada 4 magnitudali zilzila sodir bo'ldi

    Ma'lumotlarga ko'ra, yer silkinishi Farg'ona viloyati hududida 3–4 ball, Andijon viloyatida esa 2 ball kuch bilan sezilgan.

    'O'zbekiston – Kongo DR uchrashuvini germaniyalik hakamlar boshqaradi'ning rasmi

    JAMIYAT 24.06.2026 13:31

    O'zbekiston – Kongo DR uchrashuvini germaniyalik hakamlar boshqaradi

    Bahsning to‘rtinchi va beshinchi rasmiy hakamlari vazifasini ispaniyalik Alexandro Ernandes hamda Diego Sanches bajaradi.

    'Nyu-York metrosida uysiz erkakni yoqib yuborgan o‘quvchi 5,5 yilga qamaldi'ning rasmi

    JAMIYAT 24.06.2026 13:25

    Nyu-York metrosida uysiz erkakni yoqib yuborgan o‘quvchi 5,5 yilga qamaldi

    Carrero 2026 yil mart oyida o‘t qo‘yish aybini tan olgan. Hukm 2026 yil 23 iyun kuni Manxetten federal sudida sudya Lyuis Liman tomonidan e’lon qilindi.