AsosiyJAMIYAT

“G‘ururingizga o‘t tushdi”. Alisher Qodirov terma jamoa futbolchilarini tanqid qildi

U bu haqda Portugaliyaga qarshi o'yindagi 0:5 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng o'zining Telegram-kanalida yozdi.

'“G‘ururingizga o‘t tushdi”. Alisher Qodirov terma jamoa futbolchilarini tanqid qildi'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtirokini tanqid qilib, tarkibni yangilash vaqti kelganini bildirdi.

U bu haqda Portugaliyaga qarshi o'yindagi 0:5 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng o'zining Telegram-kanalida yozdi.

Qodirovning fikricha, terma jamoada ayrim tajribali futbolchilar bilan xayrlashib, keyingi saralash bosqichlarida jamoaga foyda keltiradigan yosh futbolchilarga imkoniyat berish zarur.

“Fikrim o'zgardi. Osiyo kubogini olish degan xomxayol bilan birga tarkibdagi ‘xizmat ko'rsatgan’lardan kechib, shu musobaqadaoq keyingi saralash davrida ishlaydigan tarkibni o'ynatish kerak”, deb yozdi u.

Shuningdek, Qodirov bosh murabbiy Fabio Kannavaro jamoani Behruz Karimov, Abbos Fayzullayev va Abduqodir Husanov kabi futbolchilar atrofida shakllantirishi hamda kelgusi ikki Jahon chempionati saralash bosqichida raqobatlasha oladigan tarkibni aniqlab olishi lozimligini ta'kidladi.

Deputat futbolchilarga murojaat qilib, Kongo terma jamoasiga qarshi bahsni muxlislar uchun emas, avvalo o'z g'ururi uchun o'ynash kerakligini aytdi.

“Futbolchi nonini yeyapsiz, g'ururingizga o't tushdi, adashmasam. Kongo bilan o'yinni biz uchun emas, o'zingiz uchun o'ynang”, dedi Qodirov.

Shu bilan birga, u hozircha O'zbekiston milliy terma jamoasini Osiyoning eng kuchli jamoalari qatoriga kiritishga ertaligini qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatidagi dastlabki ikki uchrashuvda Kolumbiyaga 1:3 va Portugaliyaga 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi.

    Boshqa yangiliklar