AsosiyDUNYO

AQSh—Eron kelishuvi Netanyaxuning siyosiy imijiga eng katta zarba bo‘lishi mumkin — Reuters

Netanyaxu yillar davomida o'zini Isroilning Eron masalasidagi eng qat'iy rahbari sifatida namoyon qildi

'AQSh—Eron kelishuvi Netanyaxuning siyosiy imijiga eng katta zarba bo‘lishi mumkin — Reuters'ning rasmi

AQSh va Eron o‘rtasida ehtimoliy kelishuvga erishilishi Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahuning ko‘p yillar davomida shakllantirgan siyosiy imijiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi tahlilchilar, sobiq AQSh amaldorlari hamda diplomatlar fikriga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, Netanyahu yillar davomida o‘zini Isroilning Eron masalasidagi eng qat’iy rahbari sifatida namoyon qildi va Vashingtonning Tehronga nisbatan siyosatini shakllantirishda hal qiluvchi ta’sirga ega ekanini ta’kidlab keldi. Uning siyosiy pozitsiyasiga ko‘ra, Eronni to‘xtatishning yagona samarali yo‘li doimiy harbiy bosim hisoblangan.

Reuters manbalariga ko‘ra, Netanyahu, ayniqsa, AQShda respublikachilar qo‘llab-quvvatloviga erishgach, o‘zini ketma-ket AQSh prezidentlarining Eron bo‘yicha qarorlariga ta’sir o‘tkaza oladigan yagona Isroil rahbari sifatida ko‘rsatishga uringan.

Biroq tahlilchilarning fikricha, Vashington va Tehron o‘rtasida kelishuvga erishilishi bu qarashlarga jiddiy zarba bo‘ladi. Endi Netanyahu AQShning Eronga oid siyosatini belgilash emas, balki uni qabul qilishga majbur bo‘lishi mumkin.

Shu tariqa, ehtimoliy kelishuv Isroilning xavfsizlik strategiyasidan ko‘ra, Benyamin Netanyahuning ko‘p yillik siyosiy obro‘si va tashqi siyosatdagi ta’sirchanlik imijiga kuchliroq ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar

    AQSh—Eron kelishuvi Netanyaxuning siyosiy imijiga eng katta zarba bo‘lishi mumkin — Reuters - Darakchi.uz