AsosiyJAMIYAT

Toshkentda hojatxona chuquriga tushib ketgan 5 yoshli qizaloq qutqarib qolindi

Hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan qutqaruvchilar qutqaruv ishlarini boshlagan.

'Toshkentda hojatxona chuquriga tushib ketgan 5 yoshli qizaloq qutqarib qolindi'ning rasmi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida hovlidagi hojatxonaga tushib ketgan 5 yoshli qizaloq Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan qutqarib qolindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 25 iyun kuni soat 17:33 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga Yunusobod tumanidagi “Obiravon” koʻchasida joylashgan xususiy uylarning birida 2021 yilda tugʻilgan qizaloq ehtiyotsizlik oqibatida hovlidagi hojatxona chuquriga tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan qutqaruvchilar qutqaruv ishlarini boshlagan. Ularning biri hojatxona chuquriga tushib, bolani olib chiqqan.

Shundan soʻng qizaloqqa shifokorlar tomonidan zarur tibbiy yordam koʻrsatilgan va u oila aʼzolariga topshirilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ota-onalarni farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslikka chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar