Bugun, 28 iyun kuni soat 15:25 da Toshkent shahri Sergeli tumani “Yangi Sergeli” MFY, Sergeli 8-dahasi joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar FVBB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in haqidagi xabar favqulodda vaziyatlar xizmatiga shu soatning o‘zida kelib tushgan va qutqaruv bo‘linmalari soat 15:32 da hodisa joyiga yetib borgan.
Qayd etilishicha, yong‘inni bartaraf etish ishlari tezkorlik bilan olib borilib, alanga soat 16:08 da to‘liq o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida xonadonning taxminan 30 kvadrat metr maydonida uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan. Yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.






