Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi qurilayotgan ko‘p qavatli turar joy majmuasidan tutun ko‘tarilgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 30 iyun kuni soat 11:36 da Yashnobod tumani, Uyshozlar ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan turar joy majmuasidan tutun chiqayotgani Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi tomonidan videokuzatuv tizimi orqali aniqlangan.
Shundan so‘ng qutqaruv texnikalari voqea joyiga yo‘l olgan va soat 11:43 da yetib borgan. Aniqlanishicha, qurilish maydonida bitum ishlari olib borilgani sababli tutun hosil bo‘lgan.






