AsosiyDUNYO

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni qariyb 2 ming nafarga yetdi

Ташкилот вакили Кристиан Линдмайернинг сўзларига кўра, эмлаш даражасининг пастлиги сабаб қизамиқ ва дифтерия каби вакцина орқали олди олинадиган касалликлар тарқалиши хавфи ҳам ортиб бормоқда.

'Venesueladagi zilzila qurbonlari soni qariyb 2 ming nafarga yetdi'ning rasmi

O'tgan hafta Venesuelada sodir bo'lgan 7,2 va 7,5 magnitudali ikki kuchli zilzila oqibatida halok bo'lganlar soni 1943 nafarga yetdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, mamlakatda o'n minglab odamlar oziq-ovqat, ichimlik suvi va vaqtinchalik boshpanaga muhtoj. Hozirga qadar 10 mingdan ortiq kishi turli darajada jarohat olgan, yana minglab odamlar bedarak deb hisoblanmoqda.

NASAning sun'iy yo'ldosh ma'lumotlariga asoslangan dastlabki baholashiga ko'ra, tabiiy ofat oqibatida taxminan 58 ming 870 ta bino zararlangan yoki butunlay vayron bo'lgan.

Eng ko'p zarar ko'rgan hududlardan biri La-Guayra bo'lib, mahalliy aholi qutqaruv ishlarini o'z kuchi bilan davom ettirmoqda. BMTning Qochqinlar bo'yicha oliy komissari boshqarmasi (UNHCR) ma'lumotiga ko'ra, hududda oziq-ovqat taqchilligi keskinlashgan, asosiy kommunal xizmatlar ishdan chiqqan va aloqa tizimlari deyarli to'liq uzilgan.

"Yordamdan foydalanish imkoniyatlari cheklangani sababli jamoalar o'rtasida keskinlik kuchaymoqda", deyiladi tashkilot bayonotida.

La-Guayrada yashovchi 18 yoshli sotuvchi Daniela Armas AFP agentligiga bergan intervyusida ayrim gumanitar yordamlar tarqatilayotganini, ammo oziq-ovqat tanqisligi tufayli odamlar o'rtasida tortishuvlar tez-tez yuzaga kelayotganini aytgan.

UNHCR kelgusi olti oy davomida zilziladan jabrlangan 30 ming nafar aholini himoya qilish, ularni birinchi navbatdagi ehtiyoj vositalari va vaqtinchalik boshpana bilan ta'minlash uchun dastlabki bosqichda 15 million AQSh dollari talab etilishini ma'lum qildi.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) esa mamlakat tibbiyot tizimi "o'ta kuchli bosim" ostida ishlayotganini bildirdi. Tashkilot vakili Kristian Lindmayerning so'zlariga ko'ra, emlash darajasining pastligi sabab qizamiq va difteriya kabi vaktsina orqali oldi olinadigan kasalliklar tarqalishi xavfi ham ortib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar

    Venesueladagi zilzila qurbonlari soni qariyb 2 ming nafarga yetdi - Darakchi.uz