AsosiyJAMIYAT

YHHX xizmati boshlig‘i Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Hozircha Sherzod Ibragimovning o‘rniga Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i etib kim tayinlanishi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

'YHHX xizmati boshlig‘i Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi'ning rasmi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Sherzod Shokirovich Ibragimov O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo'mondonining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qildi.

Ma'lum qilinishicha, mazkur tayinlovga qadar Sherzod Ibragimov O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo'l harakati xavfsizligi xizmati boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu tariqa, u endilikda Milliy gvardiya qo'mondoni Bahodir Toshmatovning birinchi o'rinbosari sifatida xizmat faoliyatini davom ettiradi.

Hozircha Sherzod Ibragimovning o'rniga Yo'l harakati xavfsizligi xizmati boshlig'i etib kim tayinlanishi haqida rasmiy ma'lumot berilmagan.

    Boshqa yangiliklar