AsosiyJAMIYAT

Moskvada ota-onasiz qolgan 6 yoshli bola O‘zbekistonga qaytarildi

Olib borilgan ishlar natijasida bola aviatsiya xodimlari kuzatuvida xavfsiz tarzda O‘zbekistonga olib kelinib, yaqinlariga topshirildi.

'Moskvada ota-onasiz qolgan 6 yoshli bola O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

Rossiyaning Moskva shahrida ota-onasi deportatsiya qilingach, qo‘shnilari qaramog‘ida qolib ketgan 6 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyatilik Abubakr ismli bolaning ota-onasi Rossiya hududida noqonuniy holatda bo‘lgani sababli mamlakatdan deportatsiya qilingan. Natijada bola Moskvada qo‘shnilari qaramog‘ida qolib ketgan.

Ushbu holat yuzasidan murojaat kelib tushgach, Migratsiya agentligining Farg‘ona viloyati filiali hamda uning Moskva shahridagi vakolatxonasi tomonidan zudlik bilan tashkiliy va huquqiy choralar ko‘rildi.

Olib borilgan ishlar natijasida bola aviatsiya xodimlari kuzatuvida xavfsiz tarzda O‘zbekistonga olib kelinib, yaqinlariga topshirildi.

    Boshqa yangiliklar

    Moskvada ota-onasiz qolgan 6 yoshli bola O‘zbekistonga qaytarildi - Darakchi.uz