AsosiyJAMIYAT

Toshkentda “O‘rikzor” bozorida yong‘in chiqdi

Hodisa natijasida jabrlanganlar yo'q.

'Toshkentda “O‘rikzor” bozorida yong‘in chiqdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “O'rikzor” bozorida yong'in chiqqanligi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 4 iyul kuni soat 04:26 da Uchtepa tumani, Toshkent halqa avtomobil yo'li ko'chasida joylashgan “O'rikzor” bozoridagi do'konlardan birida yong'in sodir bo'layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Shunga ko'ra, qutqaruv bo'linmalari soat 04:35 da hodisa joyiga yetib borgan. Yong'in soat 04:48 da qurshab olingan va 05:01 da to'liq bartaraf etilgan.

Yong'in oqibatida oziq-ovqat do'koni 150 kvadrat metr maydoni zarar ko'rgan.

Hodisa natijasida jabrlanganlar yo'q.

Hozirda yong'inning kelib chiqish sabablari hamda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar