AsosiyDUNYO

Rossiya kuchlari Ukrainadagi yana bir shaharni o‘z nazoratiga oldi

Moskva tomoni Konstantinovka “ozod qilingani”ni bildirgan bo‘lsa-da, Ukraina hukumati hozircha bu ma’lumotga rasmiy munosabat bildirmagan.

'Rossiya kuchlari Ukrainadagi yana bir shaharni o‘z nazoratiga oldi'ning rasmi

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Donetsk viloyatidagi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Konstantinovka shahri ustidan nazorat o‘rnatilganini ma’lum qildi.

Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimovning Prezident Vladimir Putinga bergan hisobotiga ko‘ra, shaharning olinishi Donbass yo‘nalishidagi harbiy operatsiyalarda muhim bosqich sifatida baholanmoqda. Putin esa qo‘mondonlik punktida bu voqeani strategik yutuq deb atab, Ukraina tomonidan Rossiya infratuzilmalariga, xususan neft obyektlariga qilingan hujumlar ortib borayotgani sababli xavfsizlik zonalarini kengaytirish zarurligini ta’kidlagan.

Moskva tomoni Konstantinovka “ozod qilingani”ni bildirgan bo‘lsa-da, Ukraina hukumati hozircha bu ma’lumotga rasmiy munosabat bildirmagan. Rossiya harbiylari esa shaharni Slavyansk–Kramatorsk–Konstantinovka yo‘nalishidagi asosiy mudofaa chiziqlaridan biri sifatida baholamoqda.

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlari Liman shahri yo‘nalishida ham harakatlanib, janubiy va shimoliy frontlarda bosimni kuchaytirayotgani aytilmoqda. Rasmiy Moskva Ukraina dronlari tomonidan Rossiya neft infratuzilmasiga qilingan hujumlar tufayli ayrim hududlarda xavfsizlik zonalarini kengaytirish zarurligini ham qayd etmoqda.

Ukraina rahbariyati esa Rossiyaning ilgarilash sur’ati sekinlashganini, ayrim hududlarda esa qarshi hujumlar natijasida pozitsiyalar qaytarib olinganini bildirib kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    Rossiya kuchlari Ukrainadagi yana bir shaharni o‘z nazoratiga oldi - Darakchi.uz