AsosiyJAMIYAT

Vazir kubogi: Voleybol bo‘yicha g‘olib jamoalar aniqlandi

Pedagog ayollar o'rtasidagi "Vazir kubogi" yakunlandi, Namangan jamoasi chempion bo'ldi.

'Vazir kubogi: Voleybol bo‘yicha g‘olib jamoalar aniqlandi'ning rasmi

Pedagog ayol-qizlar o'rtasida o'tkazilgan voleybol bo'yicha "Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri kubogi" respublika musobaqasi yakuniga yetdi.

G'oliblarni taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari Sherzod Karimov, vazir o'rinbosarlari Farhod Boqiyev va Azizbek Turdiyev, Ichki ishlar vazirining birinchi o'rinbosari, general-mayor Rustam Jo'rayev, Sport vaziri o'rinbosari Shahruillo Mahmudov, Namangan viloyati hokimi o'rinbosari Otabek Bozorov, shuningdek, pedagoglar va mutasaddilar ishtirok etdi.

Musobaqa yakunlariga ko'ra:

🥇 1-o'rin — Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanidagi 16-maktab jamoasi;

🥈 2-o'rin — Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 11-maktab jamoasi;

🥉 3-o'rin — Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi 22-maktab jamoasi.

G'oliblarga mos ravishda 150 million, 100 million va 70 million so'm miqdoridagi pul mukofotlari hamda "Damas" avtomobillari topshirildi.

Shuningdek, respublika bosqichida qatnashgan barcha jamoalar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Ma'lum qilinishicha, "Vazir kubogi"ning barcha bosqichlarida mamlakat bo'ylab 14 mingdan ortiq ta'lim muassasasidan 110 ming nafardan ziyod ayol pedagog ishtirok etgan.

    Boshqa yangiliklar

    Vazir kubogi: Voleybol bo‘yicha g‘olib jamoalar aniqlandi - Darakchi.uz