AsosiyJAMIYAT

Navoiyda yarim milliard so‘mdan ziyod elektr energiyasi talon-toroj qilindi

Holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

'Navoiyda yarim milliard so‘mdan ziyod elektr energiyasi talon-toroj qilindi'ning rasmi

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq ikki holat fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi shtab ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, nazorat tadbirlari davomida fuqaro M.S.ga tegishli noturar binoda elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik oqibatida 214,5 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Shuningdek, xuddi shunday holat Xatirchi tumanidagi "Q.T.O.B." davlat muassasasiga qarashli binoda ham qayd etilgan. Bu yerda yetkazilgan zararning dastlabki miqdori 350,2 million so‘mni tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar