AsosiyJAMIYAT

Toshkentda ikki fuqaro marhum yaqinlariga tegishli qurollarni ixtiyoriy ravishda topshirdi

Davlat xavfsizlik xizmati amaldagi qonunchilikka muvofiq, oʻqotar qurollar, oʻq-dorilar hamda portlovchi moddalarni ixtiyoriy ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirgan shaxslar javobgarlikdan ozod etilishini eslatgan.

'Toshkentda ikki fuqaro marhum yaqinlariga tegishli qurollarni ixtiyoriy ravishda topshirdi'ning rasmi

Toshkent shahrida ikki fuqaro marhum yaqinlariga tegishli bo‘lgan o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ixtiyoriy ravishda topshirdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1 iyulidan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarining ikkinchi bosqichi doirasida o‘qotar qurollarning noqonuniy muomalasiga qarshi tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro marhum otasi alohida yashagan xonadondan topilgan 1 dona vintovka, 19 dona ov quroli, 13 dona qurol stvoli va kolodkasi, 117 dona o‘q-dori hamda boshqa ehtiyot qismlarni ixtiyoriy ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirgan.

Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahar boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan yana bir tadbirda Mirobod tumanida yashovchi 1960 yilda tug‘ilgan ayol marhum turmush o‘rtog‘iga tegishli 2 dona ov quroli va 181 dona o‘q-dorini ixtiyoriy ravishda topshirgan.

Davlat xavfsizlik xizmati amaldagi qonunchilikka muvofiq, o‘qotar qurollar, o‘q-dorilar hamda portlovchi moddalarni ixtiyoriy ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirgan shaxslar javobgarlikdan ozod etilishini eslatgan.

    Boshqa yangiliklar

    Toshkentda ikki fuqaro marhum yaqinlariga tegishli qurollarni ixtiyoriy ravishda topshirdi - Darakchi.uz