AsosiyJAMIYAT

Abiturientlar uchun ruxsatnomalar tarqatila boshlandi

Test sinovlarida ishtirok etish uchun abiturientlar belgilangan vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjat — passport yoki ID-karta hamda abiturient ruxsatnomasi bilan yetib kelishi shart.

'Abiturientlar uchun ruxsatnomalar tarqatila boshlandi'ning rasmi

2026–2027 o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish maqsadida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlarga test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, abiturientlar “Abiturient ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin. Buning uchun jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) hamda pasport seriyasi va raqamini kiritish talab etiladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun abiturientlar belgilangan vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjat — pasport yoki ID-karta hamda abiturient ruxsatnomasi bilan yetib kelishi shart.

Agentlik ogohlantirishicha, pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, test boshlanish vaqtiga kechikkan abiturientlar imtihonga kiritilmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq chet tili fani mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abiturientlarga xorijiy til bo‘yicha V1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat uchun maksimal ballning 75 foizi berilishi ma’lum qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar

    Abiturientlar uchun ruxsatnomalar tarqatila boshlandi - Darakchi.uz