Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Aviasonlar ko'chasining bir qismi magistral issiqlik quvurlarini almashtirish ishlari sababli 20 kun davomida avtotransport harakati uchun yopiladi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 11 iyul kuni soat 08:00 dan 31 iyul kuni soat 06:00 gacha Aviasonlar ko'chasida magistral issiqlik quvurlarini ta'mirlash va almashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan qurilish ishlari olib boriladigan hududda avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
“Veolia Energy Tashkent” haydovchilardan oldindan harakat yo'nalishlarini rejalashtirish, shuningdek, aylanma yo'llardan foydalanishni so'radi.






